«farg‘ona iib» tegli maqolalar


Farg‘onada uyushgan jinoiy tuzulmalarga aloqador shaxslar qo‘lga olindi
24 fevral 2024, 11:26

Farg‘onada uyushgan jinoiy tuzulmalarga aloqador shaxslar qo‘lga olindi

Farg‘ona shahrida IIB va DXX xodimlari uyushgan jinoiy tuzulmalarga aloqador 35 nafar shaxsning yashash manzilida tezkor qidiruv tadbirlarini o‘tkazdi. Ularning 19 nafaridan narkotik moddalar va sovuq qurollar topildi.

Farg‘onada tengdoshini pichoqlab o‘ldirishda gumonlangan 25 yoshli shaxs 2,5 oydan so‘ng ushlandi
6 sentabr 2023, 10:56

Farg‘onada tengdoshini pichoqlab o‘ldirishda gumonlangan 25 yoshli shaxs 2,5 oydan so‘ng ushlandi

Dang‘ara tumanida 21-iyun kuni 25 yoshli shaxs o‘z tengdoshini pichoqlab o‘ldirgani xabar qilingandi. Voqeadan ikki yarim oy o‘tib Farg‘ona IIB gumonlanuvchi ushlanganini ma’lum qildi.

Farg‘onada maktab o‘quvchilari Gentra’ni yoqib yubordi
6 yanvar 2023, 09:25

Farg‘onada maktab o‘quvchilari Gentra’ni yoqib yubordi

Tarmoqlarda maktab o‘quvchilari gugurt yordamida Gentra avtomobilining old qismini yoqib yuborgani tasvirlangan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB holat bo‘yicha voyaga yetmaganlarning ota-onalariga ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilganini ma’lum qildi. Mashinaga yetkazilgan moddiy zarar qoplandi.

Farg‘onada gaz uzilganiga qarshi norozilik uyushtirgan zavod xodimlari qamaldi
9 dekabr 2022, 10:49

Farg‘onada gaz uzilganiga qarshi norozilik uyushtirgan zavod xodimlari qamaldi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida gaz quvuridan uzilgan zavod xodimlari norozilik uyushtirdi. Viloyat IIB tashkilot shartnomaga ko‘ra gazdan uzilganini ma’lum qildi. «O‘zboshimchalik bilan jamoat tartibiga qarshi noroziliklarni uyushtirgan» xodimlarga 5−10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Farg‘onada profilaktika inspektori o‘zini otib qo‘ydi
6 dekabr 2022, 09:45

Farg‘onada profilaktika inspektori o‘zini otib qo‘ydi

Toshloq tumanida profilaktika inspektori tabel quroli bilan o‘zini otib qo‘ydi. U mashinasida koma holatida topilgan va tibbiy muassasaga joylashtirilgan. Xodim 1xbet orqali 45 mln so‘m yutqazib qo‘ygani uchun jazolangan va viloyat IIB qoshidagi intizomiy Kengashning nazoratida bo‘lgan.

Farg‘onada ayol kishi 3 nafar qizni pichoqladi
28 noyabr 2022, 09:22

Farg‘onada ayol kishi 3 nafar qizni pichoqladi

Farg‘onada ayol kishi o‘ziga tanish bo‘lgan 3 nafar qizni janjal oqibatida pichoqladi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘onada bedarak yo‘qolgan ayol murdasi Qirg‘izistondan topildi
25 noyabr 2022, 09:29

Farg‘onada bedarak yo‘qolgan ayol murdasi Qirg‘izistondan topildi

22 noyabr kuni Farg‘ona tumanida ayol uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qoldi. Oradan ikki kun o‘tib, uning murdasi Qirg‘izistonning Batken viloyatidagi ariqdan topildi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting